Sport | 18:46 / 14.10.2016
8027
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar o‘zini yoqtirmaydigan raqib futbolchilariga murojaat qildi

Foto: eurosport.com

«Barselona»ning braziliyalik futbolchisi Neymar o‘z o‘yin uslubini o‘zgartirish niyati yo‘qligi haqida ma'lum qildi. Fintlari tufayli raqib futbolchilari dushmanlik bilan unga ko‘p martalab qo‘polliklar ishlatishda davom etishiga qaramasdan, Braziliya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchi shu uslubda o‘ynashda davom etadi.

Ba'zi futbolchilar Neymarning fintlarini raqiblarning ustidan kulish deb baholaydi.

«Raqib futbolchilari shuni bilib qo‘yishsinki, mening o‘yin uslubim o‘zgarmaydi. Men maydonga chiqaman va o‘z o‘yinimni namoyish etaman. Bu  fintlar, gollar, kombinatsiyalar jamoadoshlarim bilan hamohanglikda ijro etiladi. Men shundan zavq olaman. Raqib futbolchilari bundan bechora ahvolga tushsa tushar, bunga chora topa olmayman», — deya Neymarning so‘zlarini keltirgan Sport nashri.

U shuningdek, JCh-2018 saralashi doirasidagi o‘yin vaqtida o‘zining yuziga urgan boliviyalik futbolchining munosabatiga javob berib o‘tgan.

«Duk bilan to‘qnashuvmi? Menimcha endi bu chandiq butun umrga qolsa kerak, mening o‘yin uslubim ham butun umr o‘zgarmaydi», – deya ta'kidlagan Neymar.

Neymarning yuzini qonga belagan boliviyalik futbolchi unga maslahat berdi

Mavzuga oid