Dunyoning eng yaxshi aeroporti nomi e'lon qilindi
Sleeping in Airports ixtisoslashgan portali dunyoning eng yaxshi aeroportini aniqlash maqsadida turli mamlakatlar sayyohlari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, g‘olib - Singapurning Changi aeroporti, deb e'lon qilindi.
Manbaga ko‘ra, sayyohlar ovoz berish jarayonida aeroportning dam olish hududidagi qulayliklar, xizmat ko‘rsatish darajasi, ko‘ngilochar inshootlari va ovqatlanish joylarining mavjudligi, shuningdek xavfsizlik, tozalik kabi jihatlariga asoslanishgan.
Sayyohlar xodimlarining xizmat ko‘rsatishi, bepul kinoteatr, ko‘plab restoranlar va hamyonbop narxdagi do‘konlari bilan tanilgan Changi aeroportini yuqori baholashdi. Shuningdek ular aeroportda haqiqiy bog‘larning mavjudligi va terminallardan birining tomidagi hovuzni ham e'tirof etib o‘tishgan. So‘rovnoma ishtirokchilari uni hatto ko‘ngilochar parkka qiyoslashdi.
Reytingning ikkinchi o‘rnida Janubiy Koreyaning Seul ostidagi Inchxon aeroporti nomi qayd etildi. Uchlikni Tokiodagi Xaneda aeroporti yakunlaydi. Ro‘yxatning to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarini Tayvanning Taoyuan hamda Myunxenning Frantsa-Yozefa Shtraus nomli aeroporti egalladi.
O‘nlikdan shuningdek Yaponiyaning Osaka shahri yaqinidagi Kansay aeroporti, Vankuver va Xelsinki-Vantaa xalqaro aeroportlari hamda Tallindagi Lennart Meri nomidagi aeroport o‘rin olgan. Eng yaxshi aeroportlar o‘nligiga Tsyurix aeroporti yakun yasaydi.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
16:52 / 07.11.2024