Artel'dan navbatdagi yangilik: Zarafshon va G‘ijduvon
Ma'lumki, maishiy texnika bozorida o‘z servis markazlariga ega yirik kompaniyalar ishlab chiqarish sifati va iste'molchi haqida g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik ravishda kafolatlaydi. Maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasi ham o‘z mahsulotlarining sifati, qulayligi va foydalanishda ishonchli ekanligiga kafolat beradi.
Mana ikki yildan oshdiki, Artel mahalliy markasi xaridorlarga poytaxt hamda mamlakatimizning har bir viloyatida o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Kompaniyaning eng yangi texnologiyalarni qo‘llovchi professional ustalari sizlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor. Bugungi kunga kelib, kompaniyada 300 nafardan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda va biz bu bilangina to‘xtab qolmaymiz.
Artel maishiy texnikasini ekspluatatsiya qilishda savollar tug‘ilgan taqdirda siz respublikamizning istalgan nuqtasidagi servis markazimizga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi, bizning mutaxassislarimiz sizga ko‘mak berishdan faqat xursand bo‘lishadi! Biz hech qachon mijozlarimiz bilan aloqani uzmaymiz, zero har bir mijoz biz uchun qadrli! Artel sizning qulayligingiz haqida qayg‘uradi.
Shu munosabat bilan sizlarga ma'lum qilamizki, endilikda Artel servis markazlari Navoiy viloyatining Zarafshon hamda Buxoro viloyatining G‘ijduvon shaharlarida o‘z xizmatlarini yo‘lga qo‘yadi.
Bizning servis markazlarimizda mutaxassislar siz tomoningizdan xarid qilingan Artel savdo markasining texnikasi bilan bog‘liq har qanday muammoni hal qilishga doim tayyorlar.
Batafsil ma'lumot uchun bizning yagona axborot markazimizga murojaat qilishingiz mumkin:
+99871 148-88-88
Yangi servis markazlarining manzillari:
1) Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 12-mikrotuman
2) Buxoro viloyati, G‘ijduvon shahri, Yunus Hamadoniy ko‘chasi, 7-uy
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022