Qozog‘iston deputati terrorchilarga qarshi yangi choralarni taklif etmoqda
Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi deputati Irina Smirnova mamlakatda terrorchilar uchun alohida qamoqxonalarni barpo etish tashabbusi bilan chiqdi.
"Qozog‘istonda ekstremistik va terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha sudlanganlar uchun maxsus koloniyalarni barpo etish yoki qamoqxonalarning o‘zida alohida hududlarni tashkil etish masalasini zudlik bilan hal qilish lozim. Bu birinchi galda qamoqda saqlanayotgan yoshlarning orasida radikal g‘oyalar urchishining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi kerak", — degan Smirnova, Qozog‘iston bosh vaziriga yo‘llagan maktubida.
Uning qayd etishicha, ekstremistik tashkilotlar sobiq mahbuslar bilan faol ishlaydi. "Ko‘plab sobiq mahbuslar ozodlikka chiqqach, davlat va jamiyatdan ko‘ra, ekstremistik tashkilotlar tarafdorlaridan ko‘proq moddiy va ruhiy yordam olish imkoniyatiga ega", — degan Smirnova.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024