Turkiya armiyasi IShIDning Suriya shimolidagi 64ta obektini yo‘q qildi
Turkiya armiyasi “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida IShIDning 64 obektini, jumladan, artilleriya va tanklarini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi ma'lum qilmoqda.
"Bizning qurolli kuchlar "Firtina" quroli, olov purkash tizimlari, tank va minomyotlar yordamida IShIDning 64 obektini yo‘q qildi. Suriya ozodlik armiyasi (Muxolif) Turkiya QK yordamida Aazaz va Al-Raiy tumanlaridagi beshta aholi yashash punkti ustida nazoratni qo‘lga olishdi. Janglar vaqtida muxolifatning uch jangchisi halok bo‘ldi va olti nafari yaralandi. Turk harbiylari orasida yo‘qotishlar yo‘q", — deyiladi Turkiya harbiy boshqarmasida.
Ma'lum qilinishicha, “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida Suriya shimolidagi 155ta aholi manzilgohi terrorchilardan tozalangan.
Koalitsiya HHK IShID marralariga besh marta zarba berdi. Oqibatda olti terrorchi yo‘q qilindi, deb xabar bergan Turkiya bosh shtabi.
Mavzuga oid
20:54 / 11.08.2024
AQSh Iroqdan koalitsiya kuchlarini olib chiqadi – OAV
10:22 / 26.07.2024
Germaniyada IShIDni moliyalashtirishda gumonlangan rossiyaliklar hibsga olindi
14:11 / 16.06.2024
Rostovdagi tergov izolyatoridagi garovga olish: jinoyatchilar o‘ldirilgan
22:59 / 14.06.2024