Eng jiddiy himoyalangan messenjerlar nomi ma'lum qilindi
Mustaqil huquqni himoya qilish tashkiloti Amnesty International Facebook kompaniyasi messenjer xizmatlarining himoyalanganligini yuqori baholadi. Unga ko‘ra, WhatsApp va Facebook Messenger eng kuchli himoyalangan messenjerlar hisoblanadi, deyiladi tashkilot hisobotida.
Huquq himoyachilari o‘zlarining tadqiqotlarida 11ta yirik internet kompaniya ilovalarining maxfiylik mexanizmlarini o‘rganib chiqishgan.
Tashkilot, xizmatlarning end-to-end-shifrlash, mijozlarni xavfdan ogohlantirish, tahdidli yozishma, hukumat so‘rovlariga javob berish kabi jihatlariga e'tibor qaratgan.
Natijaga ko‘ra, Facebook Messenger, WhatsApp, iMessage, FaceTime va Telegram yetakchi messenjerlar unvonini qo‘lga kiritgan. Amnesty International nuqtai-nazaridan Snapchat, BlackBerry, WeChat va QQ eng yomon himoyaga ega xizmatlardir.
Mavzuga oid
11:28 / 19.08.2024
Amnesty International mojarolar hududiga qurol yetkazib berilishini qoraladi
21:53 / 29.05.2024
Dunyo bo‘ylab qatllar soni so‘nggi 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi
10:21 / 04.04.2024
WhatsApp messenjeri global uzilishdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tikladi
22:51 / 05.03.2024