Jahon | 14:40 / 22.10.2016
6534
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Efiopiyaga bormaslikka chaqirdi

Foto: dw.com

AQSh Davlat departamenti mamlakat fuqarolarini Efiopiyadagi tartibsizliklar sababli, ushbu mamlakatga safar qilishdan saqlanib turishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Davlat departamenti amerikaliklarni, yuzlab insonlarning o‘limi va minglab kishilarning hibsga olinishiga olib kelgan tartibsizliklar tufayli Efiopiyaga  safar qilmaslikka chaqiradi», — deyiladi xabarda. 

Efiopiya hukumati mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli favqulodda holat tartibini joriy qilgan edi. 

Mavzuga oid