Jahon | 00:20 / 23.10.2016
6537
1 daqiqa o‘qiladi

Kamerunda poyezdning izdan chiqishi oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi

Foto: © AP

Kamerunda me'yoridan ortiq yuklangan poyezdning izdan chiqishi oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Maksimal sig‘imdorligi 600 kishini tashkil qiluvchi poyezdda 1300 kishi bo‘lgan. Poyezd poytaxt Yaunde va Duala shahri o‘rtasidagi yo‘lning kuchli yog‘mirlardan keyin yuza kelgan ko‘chki yuvib ketishi sababli ortiqcha yuklanib ketgan.

Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 30 yillik temir yo‘l va poyezd ortiqcha yuklamani "eplay olmagan". Ta'kidlanishicha, qutqaruvchilar jabrlanganlar va jasadlarni qidirishni davom ettirishmoqda.  

Avvalroq falokat qurbonlari soni 53 nafargacha ortgani ma'lum qilingandi. 

 

Mavzuga oid