Sport | 23:49 / 24.10.2016
16215
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionatiga borish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

Foto: OFK

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasidan keyin mamlakat yoshlari ham jahon chempionatiga borish imkoniyatidan mahrum bo‘ldilar. Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Chempionatining chorak finalida maydonga tushgan o‘zbekistonliklar eronliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘zi ishtirok etgan guruhda 7 ochko to‘plab 1-o‘rin egallagandi. Eron esa o‘z guruhida Qatar hamda Yaponiyani mag‘lub eta olmay, 5 ochko to‘plagandi.

Chorak finaldagi o‘zaro uchrashuvda Rizo Ja'fariy tomonidan qayd etilgan dubl eronliklarga 2017 yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini keltirdi. Avvalroq bunday imkoniyatni Saudiya Arabistoni, Vetnam va Yaponiya qo‘lga kiritgandi.

Osiyo Chempionati-U19. Chorak final. 24 oktabr

Eron — O‘zbekiston 2:0

Gollar: Rizo Ja'fariy, 14 (1:0). Rizo Ja'fariy, 47 (2:0).

 

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid