Jahon | 18:45 / 25.10.2016
6664
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rov: Frantsuzlarning faqat 4 foizi Ollandning harakatlarini ma'qullaydi

Foto: AFP

Cevipof va Ipsos-Sopra Steria hamkorligida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Fransiya aholisining 4 foizigina mamlakat prezidenti Fransua Ollandning harakatlaridan rozi.

Le Figaro nashrining xabar qilishicha, so‘rovda 17 mingdan ortiq kishining fikri o‘rganilgan. Ulardan 3 foizi Ollandni «umuman olganda ma'qullaydi», faqat 1 foizlik kishi Ollandning amalga oshirayotgan ishlaridan «to‘la qoniqish» hosil qiladi.

O‘z navbatida, respondentlarning 70 foizi prezident harakatlaridan noroziligini bildirgan. 26 foiz kishi Fransiya prezidenti olib borayotgan siyosatga aniq baho bera olmagan.

Iyun oyida Fransua Ollandning nufuzi keskin darajada pastlagani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid