BlackBerry o‘zining Android'dagi uchinchi smartfonini namoyish qildi
Kanadaning BlackBerry kompaniyasi o‘zining Android operatsion tizimdagi uchinchi smartfonini taqdim etdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
Sentyabrda BlackBerry mobil telefon ishlab chiqarishni to‘xtatgani to‘g‘risida e'lon qilgandi. Mobil devays ustidagi ishlar kompaniya hamkorlariga o‘tadi. BlackBerry'ning o‘zi esa dasturiy ta'minot yaratishga diqqatini qaratadi.
Shunday qilib, DTEK60 modeli – BlackBerry mustaqil ravishda komponentlarini yig‘gan oxirgi telefon.
Smartfonning ekrani - 5,5 dyuymli. Boshlang‘ich narxi – 499 dollar. Apple kompaniyasining xuddi shunday diagonalli iPhone 7 qurilmasining bahosi 769 dollardan boshlanadi, Google Pixel'ning narxi esa 649 dollardan boshlanadi.
BlackBerry'ning Android'dagi ilk smartfoni 2015 yilning noyabrida taqdim etilgandi, ikkinchi smartfoni esa 2016 yilning iyulida namoyish qilingan.
Mavzuga oid
20:58 / 04.09.2024
Google ishlab chiquvchilar uchun Android 15 tizimini chiqardi
18:28 / 26.07.2023
Android uchun ChatGPT ilovasi ishga tushirildi
20:45 / 24.06.2023
Yangi Google smartfonlaridan kompyuter o‘rnida foydalanish mumkin
22:25 / 07.01.2023