Amerikalik sayyoh 15 oy ichida 180 mamlakatni kezib chiqdi
Amerikalik sayyoh Kassandra De Pekol 15 oy ichida 180 mamlakatda bo‘lishga ulgurdi. U qisqa vaqt ichida BMTning barcha davlatlarida bo‘lgan ilk ayol sifatida jahon rekordi o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Konnektikutda yashovchi sayyoh o‘z sayohatini 2015 yilning iyulida boshlagan. Bu vaqt ichida 27 yoshli De Pekol 250dan ortiq parvozlarni amalga oshirgan. Amerikalik ayol Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kiruvchi 193 mamlakatning barchasiga, shuningdek qisman tan olingan uch davlat — Xitoy Respublikasi (Tayvan), Kosovo va Falastinga borishni rejalashtirgan.
De Pekolning so‘zlariga ko‘ra, uning bolaligidan dunyo kezish, shuningdek turli madaniyat va dinlar bilan tanishish orzusi bo‘lgan. Sayohatchi bir mamlakatni ziyorat qilishiga o‘rtacha ikki kundan besh kungacha vaqt ketishini ma'lum qilgan.
U sayohat davomida taxminan 198 ming dollar sarflagan. Bu davrda amerikalik ayolni boshqa kishilar ham qo‘llab-quvvatlashgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u barcha homiylarini sayohat vaqtida topgan.
Mavzuga oid
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024