Ikramov: O‘zbekiston va Qirg‘izistonning yaxshi qo‘shnichilik aloqalari hamkorlikni rivojlantirish garovi
Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yaxshi qo‘shnichilik aloqalari o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning garovi bo‘lishi lozim. Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov o‘zining O‘sh davlat universitetiga qilgan tashrifida so‘z yuritdi.
Oliy o‘quv yurti talabalari oldida chiqish qilgan Ikramov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikning barbod bo‘lmasligini ta'kidlagan.
Adham Ikramov shuningdek, ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka e'tibor qaratgan. Uning qayd etishicha, O‘zbekistondagi universitetlar O‘shDUning xorijlik talabalarni o‘qitish va o‘quv jarayonida elektron vositalarni qo‘llash borasidagi ijobiy tajribasiga diqqat qaratadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘shDUga tashrifi chog‘ida, o‘quv binolari va tibbiyot klinikasini borib ko‘rishgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respubilkasining O‘sh viloyatiga do‘stlik safarini amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024