Sport | 15:51 / 27.10.2016
20033
3 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Messi bilan qanday munosabatda ekani haqida gapirdi

Foto: AFP

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marca nashriga bergan intervyusida Messi, o‘ziga murabbiylik qilgan mutaxassislar hamda raqib bo‘lgan futbolchilari haqida aytib o‘tdi. U o‘zini «Barselona» vakili Lionel Messiga raqib sifatida qiyoslashlariga jiddiy e'tibor qaratmasligini bildirgan.

Messi bilan munosabatlar haqida

Biz o‘zaro do‘stlar emasmiz, lekin bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz. OAVda bizning o‘rtamizdagi katta raqobat mavjudligi haqida yozishadi, lekin bunday emas.

Zidanning jamoadagi roli haqida

Zidan – bu jamoa kiyim almashtirish xonasida futbolchilarni ruhlantira oladigan murabbiylar uchun ideal namunadir. Biz o‘tgan mavsumni yaxshi yakunlagandik, chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgandik. Bu men uchun «Real» safidagi yana bir a'lo darajadagi mavsum bo‘ldi, Zidan esa – klub uchun eng mos murabbiy.

Ser Aleks Fergyuson haqida

Men uchun Fergyuson otam kabi. Barcha murabbiylarning faoliyatimda o‘z o‘rni bor. Ammo «Manchester Yunayted»ga kelganimda men hali bir bola edim. Men bu katta jamoaga tez moslasha oldim va buning uchun menga ser Aleksdek odam katta yordam bergan.

Mourino haqida

Men ko‘plab murabbiylar bilan ishlaganman, ammo Mourinoning zakovatiga hammasidan ham ko‘ra ko‘proq qoyil qolganman. U barcha jihatlarni ipidan-ignasigacha o‘rganadi.

O‘ziga eng jiddiy raqib bo‘lgan Eshli Koul haqida

U seni bir daqiqa bo‘lsin tinch qo‘ymaydi, erkin nafas olishingga ruxsat bermaydi. Bu juda chaqqon, tezkor va charchoq bilmas futbolchi. Unga qarshi o‘ynash hech qachon oson bo‘lmagan.

Kim bilan urushga ham birga borardi?

Pepe bilan. U nafaqat a'lo saviyali himoyachi. U hamisha fidokor ham. Bor kuchi bilan o‘ynaydi.

Kumirlari haqida

Men hamisha Figu va Ruy Koshtaga havas qilganman, ammo hamma o‘ziga xos, hech kim bir-birini takrorlamaydi.

Mavzuga oid