AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasida bo‘ldi
Joriy yilning 28-29 oktabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar qilingan edi.
Amerikalik yuqori lavozimli mehmon safar dasturiga binoan, 29 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida T.Shennon Assotsiatsiyaning yangi binosi va sport inshootlari (sport zallari, futbol maydoni, suv havzasi) bilan tanishdi hamda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik paralimpiya sportchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘zbek paralimpiya sportchilari mehmon bilan suhbatda Paralimpiya o‘yinlarida olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekiston hukumati tomonidan ularga qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari uchun ko‘rsatilgan e'tibor va moddiy rag‘batlantirish haqida so‘zlab berishgan.
Uchrashuv yakunida T.Shennon Assotsiatsiyaning muzeyida joylashgan eksponatlar bilan tanishib, mehmonlar daftariga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assatsiatsiyasi matbuot xizmati.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi vakillari hamda O‘zbekistondagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi ishtirok etdilar.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024