The Sunday Times: Rossiya Suriyaga uchta suv osti kemasi jo‘natdi
Rossiyaning Suriyaga yo‘l olayotgan "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasiga hamrohlik qilayotgan jangovar kemalar guruhiga "Kalibr" raketalari bilan qurollangan yana uchta suv osti kemasi qo‘shildi, deb xabar bermoqda The Sunday Times. Bu xabar NATO rahbariyatini tashvishlantirib qo‘ygan. NATO rahbariyati Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Halabga hal qiluvchi hujumni" o‘tkazish buyrug‘ini bermoqchi deb hisoblamoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari 971-loyiha bo‘yicha qurilgan ikkita "SHCHuka-B" va "Varshavyanka" hamda 877-loyihadagi bitta "Paltus" suv osti kemasini qayd qilgan. Hozirda aviatashuvchi kema va unga hamrohlik qilayotgan guruh Shimoliy Afrika qirg‘oqlari yaqinida "kutish rejimida" turibdi, deb xabar bermoqda Russia Today.
Britaniya hukumatining yuqori lavozimdagi amaldori ingliz nashriga "Putin bizning oldimizda mushaklarini o‘ynatayotganini anglamoqdamiz. Bu harakatlarni "Qaranglar, men qanchalik uzoqqa bora olaman, siz esa hattoki javob bera olmaysiz" deb talqin qilish mumkin" deb aytgan.
Mavzuga oid
22:57
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:24
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
16:32
Tver oblastidagi qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi
15:30