Jamiyat | 14:30 / 31.10.2016
9955
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rta yer dengizi kurortlari cho‘lga aylanishi taxmin qilinmoqda

Foto: natureworldnews.com

Frantsuz iqlimshunoslari Yevropa janubidagi kurort mintaqalarning cho‘lga aylanishini prognoz qilishdi. Science jurnalida shu mavzudagi tadqiqot chop etildi. 

Olimlarning fikricha, Yevropa janubi, xususan Lissabon (Portugaliya) va Sevilya (Ispaniya) keng ko‘lamli sahroning bir qismiga aylanadi. Bu voqea XXI asrning oxirida, global isish natijasida ro‘y berishi kutilmoqda. 

Hozir guvohi bo‘layotganimiz - global isish templari saqlanib qolsa, olimlarning prognozlari haqiqatga aylanishi hech gap emas. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, shunday bo‘lgan taqdirda, Yevropa janubidagi o‘rmonlar shimol va tog‘lar tomon suriladi, ularning o‘rniga esa butalar paydo bo‘ladi. Asr oxiriga borib, mintaqadagi o‘rtacha havo harorati Tselsiy bo‘yicha 1,5 darajadan ortiq ko‘tarilmasa, mintaqaning ekotizimi saqlanib qoladi. 

Olimlarning ta'kidlashicha, AQShning janubi-g‘arbida ham xuddi shunday jarayonlar kuzatilmoqda. 

2016 yilning boshida Qo‘shma Shtatlarning g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlari rekord darajani qayd etdi. 2015 yilda 40,5 ming kvadrat kilometr hududda yong‘in sodir bo‘ldi, bu AQShning eng yangi tarixidagi rekord natijadir.
 

Mavzuga oid