Xitoyda navbatdagi eng tez ishlovchi superkompyuter yasalmoqda
Xitoyda navbatdagi eng tez ishlovchi superkompyuter yaratish boshlandi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. Mutaxassislar eng yuqori unumdorligi bir soniyada ming kvadrillion hisoblashdan kattaroqqa baholangan prototipni yaratishga kirishdilar.
Kompyuter Parallel hisoblash texnikasi va texnologiyasi milliy tadqiqot markazida yaratilmoqda. Superkompyuter Tszinandagi Milliy superkompyuterlar markazida joylashtiriladi.
2016 yil iyunda Germaniyada bo‘lib o‘tgan superkompyuter texnologiyalari xalqaro anjumanida Xitoy dunyodagi eng tez superkompyuter – Sunway Taihulight’ni yaratganini ma'lum qilgandi.
Anjuman ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda dunyodagi eng kuchli superkompyuterlardan 167 tasi joylashgan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023