O‘zbekiston va Tojikiston aviaparvozlarni tiklashga juda yaqin turibdi
Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumatlararo loyiha tayyor va ayni vaqtda o‘zaro kelishish bosqichida turibdi. Sputnik Tojikiston agentligining xabariga ko‘ra, bu haqda Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda respublika parlamenti quyi palatasida qilgan ma'ruzasida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1992 yilda Tojikistondagi fuqarolik urushi boshlanishida to‘xtatilgan edi. Tomonlar bir necha marta bu masalani kun tartibiga chiqargan bo‘lsa-da, muzokaralar hozirgi bosqichga qadar yetib kelmagan.
Bugungi kunda, Tojikistondan dunyoning 22 davlatiga aviaparvozlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:49 / 02.09.2024