Dunyodagi eng farovon davlat nomi ma'lum qilindi
2016 yilda dunyoning eng farovon davlati Yangi Zelandiya bo‘ldi. 3 noyabrda Business Insider nashri yozishicha, Prosperity Index reytingini tuzuvchi Legatum Institute britan tashkiloti bunday xulosaga keldi.
Yetti yil davomida Legatum ro‘yxatida yetakchilik qilib kelayotgan Norvegiya 2-o‘ringa tushib ketdi. U Yangi Zelandiyadan ta'lim sifati, xavfsizlik va ekologiyadan tashqari barcha mezonlar bo‘yicha ortda qoldi. 3-o‘rinni Finlyandiya egalladi. Bu davlat hukumatning samaraliligi, demokratiyaning rivojlanganligi va qonun ustuvorligi kafolatlari darajasi bo‘yicha eng yaxshi deb topildi.
Ta'lim sohasida yetakchilik qilayotgan Shveytsariya 4-o‘rinni egalladi. Undan keyin Kanada, Avstraliya, Niderlandiya, Shvetsiya va Daniya kelmoqda. Bir yil avval 15-o‘rinda bo‘lgan Buyuk Britaniya o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilab, yetakchi o‘nlikning oxiridan joy oldi.
Rossiya shaxsiy erkinliklar sohasidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bilan reytingning 95-o‘rinidan joy oldi. Legatum Institute’da shaxsiy erkinliklar sifatida fuqarolarning huquq va erkinlari himoya qilinishi, jamiyat tomonidan namoyish qilinadigan sabr-toqatlilik tushuniladi.
Ushbu reytingni tuzishda 104 omil hisobga olinadi. Bu omillar orasiga nafaqat aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot, bandlik darajasi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki mobil telefonlar soni, bolalar orasidagi o‘lim darajasi, fuqarolarning saylovlarning halolligiga ishonchi va mamlakatdagi vaziyatni baholashga imkon beruvchi boshqa ko‘rsatkichlar kiradi.
Mavzuga oid
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
01:09 / 10.10.2024
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan uyidan qochib ketgan ota ilk bor ko‘rinish berdi
23:07 / 05.09.2024
Yangi Zelandiyada maori xalqining yangi qirolichasiga toj kiydirildi
22:28 / 03.09.2024