Fan-texnika | 22:21 / 03.11.2016
9300
1 daqiqa o‘qiladi

Kia o‘zining yangilangan Rio modeli sirlarini ochdi

Foto:motor.ru

Kia kompaniyasi Rio nomi bilan mashhur bo‘lgan Kia K2 sedanining rasmiy ko‘rinishini ma'lum qildi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yangi model avvalgisiga qaraganda hajm jihatidan kattalashgan: uzunligi 4400 mm (+30 mm), eni 1740 mm (+40 mm), balandligi — 1460 mm (-10 mm), g‘ildirak bazasi o‘lchami — 2600 mm (+30 mm).

Model boshqa asboblar paneli, boshqaruv chambaragi va uzatmalar qutisi dastasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, sensor ekranli multimediya tizimi va iqlim boshqaruvi tizimi ham o‘zgardi.

Yangi Kia Rio quvvati 1,4 va 1,6 litrli benzin dvigateli bilan jihozlandi.

Kia Rio modelining rasmiy taqdimoti joriy yilning 7 noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Foto:motor.ru
Foto:motor.ru
Foto:motor.ru

Mavzuga oid