Jahon | 21:38 / 05.11.2016
5071
1 daqiqa o‘qiladi
Oracle kompaniyasi NetSuite’ni 9 mlrd dollarga sotib olmoqda
NetSuite kompaniyasi aksiyadorlari kompaniyaning dasturlar ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi tomonidan 9 mlrd dollarga sotib olinishini ma'qulladilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. Bu bitimga NetSuite aksiyadorlarining 53 foizi rozi bo‘lgan.
Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellisonga NetSuite’ning 40 foiz aksiyasi tegishli.
Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, Oracle kompaniyasi NetSuite’ning har bir aksiyasiga 109 dollardan haq to‘lagan. Bitim 2016 yil oxirigacha yopiladi.
NetSuite kompaniyasi o‘rta biznes uchun dasturlarga kirish xizmatini taqdim qiladi hamda bulutli texnologiyalar asoschisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:19 / 11.05.2018
O‘zbekiston Microsoft, Oracle, Cisco bilan hamkorlik olib bormoqda
00:36 / 28.03.2018
AQSh sudi Google kompaniyasi Oracle’ning mualliflik huquqlarini buzgan deb topdi
17:00 / 07.12.2017
O‘zbekistonda Oracle Academy ta'limiy dasturi orqali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:36 / 23.03.2017