Fan-texnika | 22:00 / 08.11.2016
8937
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchisiz poyga mashinalari "Formula-1" trassasini bosib o‘tdi

Foto:motor.ru

"Formula-1" poygasining Buyuk Britaniya Gran-prisi o‘tkaziluvchi Silverstoun poyga trassasini Roborace poyga chempionati uchun yaratilayotgan, avtonom boshqaruv faollashtirilgan tizimlarga ega haydovchisiz poyga mashinalari bosib o‘tdi. 

Bu holat tasvirlangan rolikla  DevBot (Development Bot) deb nomlangan prototiplar trassa bo‘ylab avval poygachi boshqaruvida, so‘ngra haydovchi ishtirokisiz, avtonom boshqaruv faollashtirilgan tizimlar boshqaruvida yurgani tasvirlangan. Bu sinov yurishlari o‘tkazilayotgan vaqtda poygachi mashina ichida bo‘lgan.

Roborace chempionati o‘tkazilishi 2015 yil noyabrda ma'lum qilingan. Uning ta'sischilaridan biri Yota kompaniyasi asoschisi va Rossiya aloqa vazirining sobiq o‘rinbosari Denis Sverdlov hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, 2017 yilda haydovchisiz avtomobillar poygalari ochiq g‘ildirakli elektromobillar poygasi "Formula-E"ni qo‘llab-quvvatlovchi poygalar bo‘ladi.

Mavzuga oid