Karri MBAning o‘ziga xos rekordini o‘rnatdi
Amerikaning "Golden State" basketbol jamoasi himoyachisi Stefen Karri Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi musobaqasida to‘pni 13 marta 3 ochkolik hududdan savatchaga tushirgan. Shu bilan Karri "New Orlean" jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda MBAning o‘ziga xos rekordini o‘rnatdi. U bir o‘yinda 3 ochkolik to‘p tushirishlar bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi, deb xabar qilmoqda liga matbuot xizmati.
Karri, shuningdek, uchrashuvning eng samarali o‘yinchisi ham bo‘lgan. U mavsumda ilk marotaba 46 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. U 17 marta 3 ochkolik to‘pni tushirishga urinib, shundan 13tasida maqsadiga yetgan. Bu boradagi avvalgi natija 12ta bo‘lib, Kobi Brayant, Donell Marshall va Karri ushbu natijaga erishishgan.
Ta'kidlanishicha, Karri "Los-Angeles Lakers"ga qarshi kechgan o‘yinda 3 ochkolik 10 urinishdan birontasini ham savatchaga tushira olmagan va shu bilan o‘zining har bir o‘yinda hech bo‘lmaganda bitta uch ochkolik to‘p tashlashga doir 157 o‘yindan beri davom etib kelayotgan rekord natijasiga nuqta qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
15:20 / 17.09.2024
Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odam deb topildi
11:30 / 06.07.2024
Dunyoni hayratlantirayotgan Xitoy. Yangi avtomobil yo‘li 10 ta rekordni yangiladi
21:10 / 20.04.2024
Dyuplantis langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini sakkizinchi marta yangiladi
14:23 / 08.11.2023