Sport | 13:24 / 09.11.2016
5113
1 daqiqa o‘qiladi

Xonda Xitoy klubiga o‘tishi mumkin

Foto: © Getty Images

"Milan" yarim himoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Xitoy klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Football Italia nashri xabar bermoqda. 

Futbolchi xizmatiga "Shanxay Telleys" klubi tomonidan qiziqish bo‘lmoqda. Bu jamoani o‘tgan haftada Andre Villash-Boash bosh murabbiy sifatida qabul qilib olgandi. Portugaliyalik mutaxassisi jamoaga Xondani taklif qilishni rejalashtirmoqda. 

Ayni paytda kelishuvning moliyaviy tomonlari ma'lum qilinganicha yo‘q. Yaponiyalik futbolchining "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilga qadar amal qiladi.

Mavzuga oid