Trampning g‘alabasi dunyo birjalarini larzaga keltirdi
Jahon moliya bozorlari AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalariga salbiy munosabat namoyish etmoqda. Bunga, xususan, AQShning yetakchi ittifoqchilari hukumatlarining shoshilinch majlislarni o‘tkazgani haqidagi xabarlar ham sabab bo‘lmoqda, deya xabar qilmoqda CNN telekanali.
Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning AQSh 45-prezidentligiga saylanishi Vashington siyosat arboblari uchun o‘ziga xos kutilmagan hodisa bo‘ldi va buning ta'siri okeanortida ham sezilgan. Telekanalga ko‘ra, AQSh ittifoqchilari va dushmanlari ham qanday qilib, siyosatdan xabari bo‘lmagan va ko‘chmas mulk savdogari hisoblangan nomzodning g‘alaba qozonganini anglashga harakat qilishmoqda. Shu bilan birga, ular dunyoning eng qudratli mamlakati bilan yaqin 4 yildagi hamkorligi borasida bosh qotirishmoqda.
Xususan, Janubiy Koreya o‘zining Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch majlisini o‘tkazgan, Yaponiya moliyaviy rasmiylari esa, Nikkei fond birjasi ko‘rsatkichining 1000 punktga tushganini muhokama etishgan. Buyuk Britaniya va Fransiyadagi fond bozorlari ham bugungi savdolarini pasayish bilan boshlagan.
AQShning Dow Jones fond birjasining bozoroldi savdolari ko‘rsatkichi 2001 yil 11 sentabr kunidan beri ilk marotaba 500 punktga pasaygan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024