Kechki dayjest: 10 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 10 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 10 noyabr kuni Donald Trampni saylovdagi ishonchli g‘alabasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining virtual qabulxonasi ish boshladi
2016 yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston RespublikasiTashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasida virtual qabulxona faoliyat yurita boshladi.
>>> Batafsil.
O‘zbekistonliklar Abdulla Oripovni so‘nggi yo‘lga kuzatmoqda
O‘zbekistonliklar xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov bilan vidolashmoqda.
>>> Batafsil.
Yunker Yevropa armiyasi tashkil etilishi xususida fikrlarini bildirdi
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker qachonlardir Yevropa armiyasini tashkil etish zarur bo‘lishini aytgan.
>>> Batafsil.
Kuba mamlakatning butun hududi bo‘ylab harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qildi
Kuba hukumati mamlakatning butun hududida qo‘shinlarning tayyorligini tekshirish maqsadida 5 kunlik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qildi.
>>> Batafsil.
Erdo‘g‘an Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Trampga qo‘ng‘iroq qildi va uni AQShning 45-prezidenti bo‘lgani bilan qutladi.
>>> Batafsil.
Rossiya fuqarosi birinchi marta Interpol vitse-prezidenti bo‘ldi
Rossiyaning Interpol Bosh assambleyasida qatnashgan delegatsiyasiga rahbarlik qilgan politsiya general-mayori Aleksandr Prokopchuk ushbu tashkilotning vitse-prezidentligiga saylangan.
>>> Batafsil.
OAVga AQShning navbatdagi davlat kotibi nomi ayon bo‘ldi
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp yangi ma'muriyat tuzishga kirishdi. New York Times nashrining ma'lum qilishicha, Davlat kotibligini katta ehtimol bilan AQSh Kongressi vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich egallaydi.
>>> Batafsil.
O‘zbekistonda Rossiya avtomobillari savdo hajmi 4 marta oshdi
2016 yil boshidan beri Bojxona ittifoqiga a'zo bo‘lmagan davlatlarga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarni eksport qilish hajmi 2 martaga o‘sgan.
>>> Batafsil.
Malayziyada o‘zbekistonlik 17 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi
Kuala-Lumpur politsiyasi 8 noyabr kuni Bukit Tseylon tumanida qo‘shmachilikda gumon qilingan ayolni qo‘lga oldi.
>>> Batafsil.
Ganada birinchi ko‘chib yuruvchi muzey ochildi
Ganada mamlakat bo‘ylab ko‘chib yuruvchi muzey paydo bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Yilning eng yaxshi «yashil» mashinasi da'vogarlari ma'lum qilindi
Amerikaning Green Car Journal nashri «Yilning eng yaxshi yashil avtomobili» uchun da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi.
>>> Batafsil.
Hyundai Creta krossoveridan pikap yasadi
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Creta STC deb nomlagan kontseptual pikapini namoyish etdi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub etdi
JCh-2018 saralashidagi Janubiy Koreyaga qarshi navbatdagi o‘yin arafasida O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024