Jahon | 16:27 / 13.11.2016
7689
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda yana 2 vazir mansabdan chetlashtirildi

Foto: RBK-Ukraina

Afg‘oniston parlamenti yana 2 nafar vazirni egallab turgan lavozimidan chetlashtirdi. Bu haqda Reuters’ga asoslangan holda «TASS» axborot agentligi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, Transport hamda Ta'lim vazirliklar rahbarlari ishdan ketgan.

Parlamentning quyi palatasi raisi Abdulla Rauf Ibrohimiyning izohlashicha, ularning ishdan ketishiga vazirliklarning ko‘rsatkichlari past bo‘lgani sabab.

Bir kun oldin Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, jamoat ishlari vaziri Mahmud Balig‘, mehnat, ijtimoiy ta'minot, urush qurbonlari va nogironlar ishlari bo‘yicha vazir Nasrin Oryaxil parlamentda yetarli miqdorda ishonch ovozlarini to‘play olmagach, lavozimlarini tark etgani ma'lum qilingandi.

Ularning chetlashtirilishiga ko‘rsatilgan vazirliklar ajratilgan mablag‘ni belgilangan vaqtda ishlata olmagani sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid