Fan-texnika | 22:49 / 14.11.2016
8182
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung golografik televizorlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

AQShning patent va savdo markalari bo‘yicha USPTO boshqarmasi Samsung'ning "Tasvir sifatini yaxshilashni ta'minlash uchun golografik displey uskuna va vositalari"ga olgan patent buyurtmasini sir tutgan. Bu haqida 3-D News nashri xabar berdi. 

Hujjatda keng hajmli tasvirni shakllantirishning yangi tizimi haqida gap bormoqda. Samsung'da ko‘rsatilishicha, an'anaviy 3D-televizorlar qo‘llanayotgan texnologiyalarga qarab, u yoki bu kamchiliklarga ega bo‘ladi: bu uzoq vaqt ko‘rilgandagi yoqimsiz his-tuyg‘ular yoki maxsus ko‘zoynaklar taqish zarurati va boshqalar bo‘lishi mumkin. 

Samsung patentlanayotgan tizimi yuqorida qayd etilgan kamchiliklardan xoli bo‘ladi (ko‘zoynaklar bundan mustasno). U golografik 3D-effektdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Tomoshabin uchun tasvir xuddi havoda uchib yurgandek tasavvur uyg‘otadi, uni ko‘rish uchun ko‘zoynak talab qilinadi. 

Majmua lazer nur manbai, boshqaruv bloki, fazoviy nur modulyatori, shuningdek foydalanuvchini kuzatish blokini o‘z ichiga oladi. Modullarning so‘nggisi golografik tasvirni optimallashtirish maqsadida ko‘zlarning joylashuvini aniqlashga mo‘ljallangan. 

Patent buyurtmasi joriy yilning yanvarida berilgan, biroq hujjat endigina chop etilgan. Taklif qilingan tizimning amalga oshish muddatlari haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q. 

 

Mavzuga oid