Iqtisodiyot | 12:47 / 15.11.2016
10630
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda pul islohoti qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Foto: © AP

Hindiston hukumati tomonidan o‘tgan hafta e'lon qilingan valyuta islohoti oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi va narx-navoning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. O‘ttar-Pradesh shtati transport assotsiatsiyasi bosh kotibi Amarjit Singx Bakshi shunday fikrni bildirmoqda. 

9 noyabrda Hindiston yashirin iqtisodiyot, korrupsiya, qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash maqsadida 500 va 1000 rupiy nominalidagi pullar muomaladan olingan edi. Bular mamlakat moliya tizimidagi eng yirik pul birliklaridir. Mamlakat fuqarolari beshinchi kundirki, eski pullarni yangi namunadagi pullarga almashtirish uchun navbatda turishga majbur bo‘lmoqda. Vaziyatning tobora jiddiylashuviga pulni almashtirish uchun me'yor belgilangani va mamlakatdagi aksariyat bankomatlarning yangi pullarga sozlanmagani sabab bo‘lmoqda. 

"Mamlakatdagi mahsulotlarning 80 foizdan ortig‘i poyezdlarda emas, yuk avtomobillarida yetkazilishi inobatga olinsa, sabzavotlar, dukkakli don mahsulotlari tanqisligi vujudga kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida odamlar orasida vahimaga sabab bo‘ladi", — degan Bakshi Times of India nashriga bergan intervyusida. 

Bakshining izoh berishicha, uzoq masofalarga qatnovchilar safar davomida yetarli mablag‘ga ega bo‘lmaganliklari sababli, mayda xarajatlarni amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelishmoqda. Bundan tashqari, haydovchilar yukni tushirish uchun xizmatchilarga haq to‘lashda ham shu kabi tashvishlardan nolishmoqda. Bu esa, mahsulotlarning turib qolishiga olib kelayapti. 
 

Mavzuga oid