Sport | 20:25 / 15.11.2016
22507
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Eronni to‘xtatdi va O‘zbekistonga yordam berdi

Foto: OFK

2018 yilgi jahon chempionati uchun saralashning 3-bosqichi, A guruhida O‘zbekiston terma jamoasiga guruhdosh bo‘lgan Suriya hamda Eron terma jamoalari o‘rtasidagi 5-tur uchrashuvi o‘tkazildi.

Kuchli yomg‘ir ostida kechgan va "loy jangi"ga aylangan ushbu o‘yinda Xitoy va Qatar uchrashuvidagi kabi 0:0 hisobi qayd etildi. 

Bu esa bugun Janubiy Koreya maydonida mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston uchun imkoniyat taqdim etdi.

Endilikda Eron boshqa raqiblaridan ilgarilab keta olmadi va 11 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda joylashgan. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya (10), uchinchi o‘rinda O‘zbekiston (9) joylashgan. To‘rtinchi o‘rindagi Suriya hisobidagi ochkolar soni 5taga yetdi.

JCh-2018 saralashi, Osiyo qit'asi
Suriya - Eron — 0:0

Mavzuga oid