«Real»ning yana bir futbolchisi safdan chiqdi
Madridning «Real» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata jarohat oldi.
Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, futbolchi JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Makedoniyaga qarshi uchrashuvida o‘zini yomon his qilgach, 60-daqiqada zaxiraga olingandi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng, futbolchi tizzaosti son mushagidan ikkinchi darajali jarohat olgani aniqlandi.
Morata «Atletiko» qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq. Uning qayta tiklanishi uchun taxminan bir oy ketishi aytilmoqda.
Bungacha «Real» klubi Madrid derbisida 5 nafar futbolchisining xizmatidan foydalana olmasligi mumkinligi xabar qilingandi. Jarohat olganlar orasida Serxio Ramos, Pepe, Kazemiro, Mateo Kovachich va Karim Benzema bor.
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
12:33 / 15.09.2024
«Real»ga ustun va to‘sin yordam berdi, «Siti» yakkapeshqadam. Kun o‘yinlari
11:38 / 12.09.2024