Sayohatlarga sehr elementlarini qo‘shuvchi Trips platformasi ishga tushirildi
Airbnb turar-joy ijara servisi mahalliy aholidan ekskursiyalar va tadbirlarni ziyorat qilishni taklif qilib, o‘z funksionalini kengaytirdi. Bu haqida kompaniya rahbari Brayan Cheski San-Frantsiskodagi taqdimot marosimida so‘zlab berdi, deyiladi Lenta.ru nashriga kelib tushgan matbuot relizida.
"Bugun biz Trips'ni ishga tushiramiz, bu - yashash joylari, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va odamlarni birlashtiruvchi platforma. Biz sayohatlarga sehr elementlarini qo‘shmoqchimiz, ularning markazida albatta insonlar bo‘ladi", - dedi u.
Cheskining so‘zlariga ko‘ra, endilikda mahalliy aholi sayyohlarga nafaqat o‘z uyidan joy beradi, balki o‘z tajribasi bilan bo‘lishishi ham mumkin. Masalan, ular turistlarga qadimiy avtomobillarda sayr qilish yoki fransuz shansoni konsertida bo‘lishni taklif qilishlari mumkin.
Shuningdek servis ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda ham ishtirok etishni taklif qildi, bu - daydi itlarga yordam ko‘rsatish yoki chiqindidan san'at asari yasashga oid mahorat darslari bo‘lishi mumkin. Yana bir yangi xizmat turi foydalanuvchilarga restoranlar, klublar va diqqatga sazovor maskanlar bo‘yicha tavsiyalarni ko‘zda tutadi.
Bugungi kunda yangi xizmat turlari faqat 12 shahardagina yo‘lga qo‘yilgan: Detroyt, Parij, Nayrobi, Gavana, San-Frantsisko, Keyptaun, Florentsiya, Mayami, Seul, Tokio va Los-Anjyeles. 2017 yilda bu ro‘yxat yana 50 aholi punktiga kengayadi.
Airbnb — butun dunyo bo‘ylab qisqa muddatli turar-joy ijarasiga doir ma'lumotlar joylashtiriladigan onlayn-maydon. Servis 200 mamlakatda joylashgan 34 ming shaharda faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
16:56 / 19.01.2024
«Airbnb effekti»: yo‘q bo‘layozgan shahar internet ilova sabab daromad manbaiga aylandi
22:15 / 23.02.2020
«O‘z shahrimda begonadekman». Turistlar ko‘pligidan Praga ham Airbnb'ni cheklashi mumkin
12:25 / 09.12.2019
Bir tun uchun 150 000 dollar: milliarderlarga taklif etiladigan ijara uylar
21:36 / 29.07.2019