Tesla va SolarCity aksionerlari birlashishmoqchi
85 foizdan ortiq Tesla aksiyalarining egalari SolarCity'ni xarid qilish uchun ovoz berishdi. Ilon Mask va u bilan bog‘liq kishilarning aksiyalari inobatga olinmadi. SolarCity aksionerlari ham bitimni tasdiqlashdi, shu bois u yaqin kunlarda nihoyasiga yetkaziladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Mask investorlarga SolarCity'ning yangi "quyoshli" tomi odatdagidan arzonroq bo‘lishiga va'da berdi.
Manbaga ko‘ra, bitim qiymati 2 milliard dollardan oshib ketgan. Kelishuv shartlariga ko‘ra, SolarCity aksiyalari egalari ularning har biri uchun 0,11 Tesla qog‘ozini olishadi.
Bundan avval Ilon Mask SolarCity'ni xarid qilish Tesla kompaniyasiga 2017 yil daromadining 1 milliard dollarga o‘sishini ta'minlashi va kelasi uch yil davomida balansga yana 500 million pul vositasini qo‘shishini aytgandi.
Tesla aksiyalari bu yangilikdan keyin 2,57 foizga o‘sib, 18,6 dollarni, SolarCity esa 2,9 foizga o‘sib, 20,4 dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
21:50 / 28.09.2024
Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘iga yangi jarima belgiladi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024