O‘zbekiston | 07:49 / 18.11.2016
37294
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Foto: tccb.gov.tr

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi. 

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Adham Ikromov kutib oldi. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 18 noyabrga mo‘ljallangan.

Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.


 

Mavzuga oid