Jamiyat | 10:21 / 19.11.2016
17562
2 daqiqa o‘qiladi

Serjio Kanavero inson boshini ko‘chirib o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Arxiv surat / RIA

Italiyalik neyrojarroh Serjio Kanavero Glazgoda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maxsus jarrohlik pichog‘ini namoyish etdi. Uning yordamida, jarrohning uqdirishicha,  inson boshini boshqa tanaga o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Virtual reallik tizimi esa, insonga yangi tanani boshqarishni o‘rgatadi. 

"Professor Farid Amirush (Chikagodagi Illinoys universiteti biomuhandisi) Yerdagi eng aniq va keskir jarrohlik pichog‘ini yasashning uddasidan chiqdi. U orqamiyani bosh miyadan asab tolalariga juda kam talofat yetkazish bilan ajratib olish imkonini beradi. Mazkur yangi innovatsiya tizimini ishlab chiqish – asosiy maqsadimiz, inson boshini ko‘chirib o‘tkazish tomon tashlangan navbatdagi muhim qadamdir", — degan Kanavero.

2015 yil fevralida Serjio Kanavero HEAVEN/AHBR loyihasini ishga tushirgani haqida e'lon qilgan edi. Neyrojarroh ushbu loyiha doirasida ko‘ngilli kishining boshini donorlik tanaga o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Bunda orqamiya va bosh miya tolalari "GEMINI protokoli" deb nomlangan jarayon vositasida birlashtiriladi.

Kanaveroning chaqirig‘iga rossiyalik muhandis Valeriy Spiridonov “labbay” deb javob bergandi. U mushaklaridagi distrofiya tufayli nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan. Rossiyalik muhandis Verdnig-Goffman sindromidan aziyat chekadi. 

Verdnig-Goffman sindromi — og‘ir irsiy kasallik bo‘lib, insonni asta-sekinlik bilan harakatlanish imkoniyatidan mahrum etadi. 
 

Mavzuga oid