Fan-texnika | 08:38 / 22.11.2016
8480
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar qudratli elektr giperkar taqdim qildilar

Foto:motor.ru

Xitoyning NextEV kompaniyasi Nio deb nomlangan avtomobillar ishlab chiqaruvchi bo‘limini ishga tushirdi. Bu bo‘lim yaratgan ilk model "bir megavattlik" (kuch qurilmasi 1360 ot kuchiga erishadi) elektr giperkar bo‘ldi. Avtomobil cheklangan miqdorda chiqarildi.

Giperkar NextEV’ning Formule-Ye jamoasi mutaxassislari bilan hamkorlikda yaratilgan. Bu mashina umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil bo‘lganiga qaramasdan, kupe FIA LMP1 poyga toifasidagi xavfsizlik talablariga muvofiq ravishda yaratilgan.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, Nio EP9 mashinasi 240 km/soat tezlik bilan ketayotganda "Formula-1" bolidlaridan ikki barobar kattaroq, ya'ni 2,5 tonna bosish kuchini ta'minlaydi. 

Kupe karbon monokok, har bir g‘ildirak uchun bittadan elektromotor, 2 ta litiy-ion akkumulyator bloki bilan jihozlandi. Akkumulyatorlarni 45 daqiqa ichida to‘liq quvvatlash yoki 8 daqiqa ichida to‘liq almashtirish mumkin. Mashinaning og‘irligi 1735 kg bo‘lib, LaFerrari va McLaren P1 sport mashinalaridan 200 kg og‘irroq. Yangi mashinaning yurish zaxirasi 425 km dan ko‘proqni tashkil qiladi.

Yangi mashina 0 dan 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erisha oladi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 312 km ni tashkil qiladi. 

Kompaniyada ta'kidlanishicha, Nio EP9 Nyurburgring sinov trassani 7 daqiqa 5,12 soniyada bosib o‘tgan. Hammasi bo‘lib mashinadan 9 dona ishlab chiqarilgan. Mashinaning narxi e'lon qilinmagan, biroq ma'lum qilinishicha, bunday mashinani yaratish kompaniyaga 1,2 mln dollarga aylangan.     

Mavzuga oid