Jahon | 16:48 / 24.11.2016
5009
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy elektrostansiyasidagi halokat qurbonlari soni 67 nafarga yetdi

Foto: AP

Xitoyning Tszyansi provinsiyasidagi eletrostansiyada sodir bo‘lgan halokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi. Bu haqda "Chjungo tszyansivan" sayti xabar bermoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, halokat vaqtida qurilish maydonida umumiy hisobda 70 nafar kishi bo‘lgan. Ikki nafar ishchi jarohat olgan, yana biri qidirilmoqda.

Avval fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetgani xabar berilgan edi.

Mavzuga oid