Ford bolalarga mo‘ljallangan “Mustang”ni yaratdi
Ford kompaniyasi Fisher Price bilan hamkorlikda bolalar elektr avtomobilini tayyorladi. U “Mustang”ga o‘xshash bo‘lib, Power Wheels o‘yinchoqlar brendi ostida chiqarilgan. Yangilik bunday mashinalar orasida birinchi bo‘lib trekshn-nazorati tizimiga ega bo‘ldi. U g‘ildiraklar joyidan jilmay turganda motor quvvatini kamaytirib, xavf yuzaga kelganda esa uni butunlay o‘chirib qo‘yadi.
Avtomobil sensorli ekrancha bilan jihozlandi. U batareya miqdorini nazorat qilish hamda ota-onalar tomonidan tezlik darajasini belgilash imkonini beradi. Bundan tashqari, bolalarga mo‘ljallangan “Mustang”da dvigatel tovushini eshittiruvchi maxsus tizim bor. Shuningdek, o‘rnatilgan dinamiklar orqali musiqa tinglash mumkin.
Mashina dekabrdan sotuvga chiqariladi. U 360 dollarga tushadi.
Mavzuga oid
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
07:40 / 16.10.2024
Oktyabrda xorijda qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga olib kelindi
12:54 / 05.10.2024