«Real» autsayderni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Ispaniya chempionati 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan yana biri nihoyasiga yetdi. Madridda «Real» autsayderlardan biri «Xixon»ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar natija borasida katta muammolarga duch kelishdi. Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan ikkita golga Karmona bitta gol bilan javob qaytargandi. Ikkinchi bo‘limda «Sporting» penalti tepish va hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Biroq Chop bu imkoniyatdan foydalana olmadi va madridliklar qolgan daqiqalarda g‘alabani saqlab qolishni uddalashdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Zidan shogirdlari ochkolari sonini 33taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Sporting» esa 9 ochko bilan 18-o‘ringa joylashgan.
Ispaniya chempionati
13-tur
Real Madrid – Sporting Xixon 2:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 5, penalti Ronaldu, 2:0 – 18 Ronaldu, 2:1 – 35 Karmona.
Noaniq penalti: Chop (78, Sporting)
Real Madrid: Navas, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos (Marselo, 72), Modrich, Kovachich (Isko, 81), Xames (Asensio, 72), Vaskes, Ronaldu, Benzema.
Sporting Xixon: Marino, Kastelyano, Xorxe Mere, Amorebeta, Lopes, Gomes (Rodriges, 76), Alvares, Karmona (Vigera, 76), Ait-Atman (Kases, 81), Duglas Pereyra, Chop.
Ogohlantirishlar: Amorebeta (40), Ait-Atman (61), Karmona (66), Nacho (77).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
12:33 / 15.09.2024
«Real»ga ustun va to‘sin yordam berdi, «Siti» yakkapeshqadam. Kun o‘yinlari
11:38 / 12.09.2024