Zimbabve o‘z qog‘oz pullarini muomalaga chiqardi
Zimbabve hukumati xorijiy valyuta yetishmayotgani sababli 2009 yildan beri birinchi marta o‘z qog‘oz pullarini muomalaga chiqardi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Zimbabve Zaxira bankining qog‘oz pullari qiymati AQSh dollarinikiga tenglashtirildi. Chiqarilgan pullarning umumiy hajmi 10 mln dollarni tashkil qildi.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda AQSh dollari 2009 yilda mamlakatni giperinflyatsiya qamrab olgandan keyin ishlatila boshlangan. Shundan keyin mamlakatda dollardan tashqari boshqa xorijiy valyutalar, jumladan YuAR randi va Xitoy yuani ham muomalada bo‘lgan.
Avvalroq Zimbabvening AQSh dollaridan o‘z valyutasiga qaytishi fuqarolar tomonidan salbiy munosabatga uchragani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024