Davlat departamenti: IShID Iroqda egallab olgan hududining katta qismidan ayrildi
IShID terrorchilari Iroqdagi 56% va Suriyadagi 27% egallagan hududlaridan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Davlat departamenti AQSh yetakchiligidagi 68 davlatdan iborat koalitsiya plenar yig‘ilishi natijalariga ko‘ra xabar berdi.
“Mahalliy yer ustidagi kuchlar koalitsiya yordamida Iroq va Suriyadagi IShID jangarilari tomonidan egallagan hududlarning katta qismini qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi”, - deyiladi xabarda.
Hisobotda shuningdek, so‘nggi oylarda jangarilarning chegaralar orqali harakat qilishi jiddiy ravishda qisqarganiga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, koalitsiya terrorchilik guruhi yetakchilarining halok bo‘lishi “tezlashtirilgan tempda amalga oshmoqda”, deya ta'kidladi.
Avvalroq, Iroq maxsus xizmati Mosuldagi harbiy amaliyot vaqtida mingga yaqin jangarini yo‘q qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024
Iroqda qizlar uchun nikoh yoshini 9 ga tushirish taklif etildi
20:54 / 11.08.2024