Jamiyat | 18:43 / 29.11.2016
5850
1 daqiqa o‘qiladi

Sidneyda kuchli portlash ro‘y berdi

Foto: Twitter/2GBNews

Sidneyda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 16 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Avstraliya televideniyesi.

Besh kishi kuyish jarohatlarini olib, yaqin oradagi kasalxonaga yetkazildi. Ularning orasida kichik yoshdagi bola borligi ma'lum bo‘ldi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash shaharning kishilar bilan to‘lib-toshgan tumanlaridan biridagi fudkort hududida  ro‘y bergan.

Hukumat voqea sabablarini o‘rganishga kirishdi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, portlash maishiy gazning sizib chiqib ketishi sabab sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
 

Mavzuga oid