Iqtisodiyot | 23:12 / 29.11.2016
10013
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotida xorijiy pul o‘tkazmalari ulushi kamaydi

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotida oxirgi vaqtda inqiroz tufayli xorijiy pul o‘tkazmalari ulushi 5 foizdan oshmayapti, deb ma'lum qildi O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Shuhrat Ismoilov matbuot-anjumanida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

"Men buni asosiy tashkil etuvchi ko‘rsatkich deb ayta olmayman, u YaIMning 5 foizidan oshmayapti", deb aytdi Ismoilov hozirda mamlakat iqtisodiyotida xorijdan mehnat muhojirlari yuborayotgan pul o‘tkazmalari qanday ulushni tashkil qilayotgani haqidagi savolga javoban.

Ismoilovning aytishicha, oxirgi vaqtda bu ulush boshqa davlatlardagi inqirozli vaziyatlar sababli qisqarmoqda, biroq O‘zbekiston hukumati bu salbiy jihatni yo‘qqa chiqarishga urinmoqda. "Bu holatning iqtisodiyot ahvoliga salbiy ta'siri mavjud. Bunday salbiy ta'sirlarni yengib o‘tish maqsadida O‘zbekistonda aholini, birinchi navbatda ortga qaytayotgan va bu yerda – O‘zbekistonda ish izlashga majbur bo‘layotgan mehnat muhojirlarini bandlik bilan ta'minlash bo‘yicha dastur qabul qilingan. Har yili bu dastur bo‘yicha O‘zbekistonda 200-300 ming yangi ish o‘rni tashkil etiladi", deb aytdi Ismoilov.     

O‘zbekistonga valyuta kelishining kamayishi iqtisodiyotning eksportga qaratilgan tarmoqlarini rivojlantirish evaziga qoplanmoqda.

"Pul o‘tkazmalari nuqtai nazaridan, pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishiga qaramasdan, shu jumladan Rossiyadan, biz qandaydir salbiy effektlarni, birinchi navbatda, eksport oshayotgani sababli kuzatmayapmiz. O‘zbekiston eksporti hajmi ijobiy trendga ega", deb ta'kidlab o‘tdi Ismoilov.

Ismoilov shuningdek yangi ishlab chiqarishlar, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha choralar bu jarayonni tekislashga imkon berishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

 

Mavzuga oid