Jamiyat | 15:10 / 05.12.2016
4427
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Janubiy Sudanga 100 dan ortiq tinchlikparvarlarni jo‘natdi

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy Janubiy Sudanga BMT tinchlikparvar missiyasida qatnashish uchun ilk 120 harbiy xizmatchisini jo‘natdi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Hammasi bo‘lib esa mamlakatdan Janubiy Sudanga 700 kishilar harbiy xizmatchidan iborat kontingent jo‘natilib, ular u yerda yil davomida qolishadi. Qolgan tinchlikparvarlar esa keyinroq – beshta alohida guruh qilib yuboriladi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uch oylik tayyorgarlikdan o‘tkazilgan va ularning asosiy maqsadi fuqarolarni himoya qilish, shuningdek BMT gumanitar dasturini qo‘llab-quvvatlash, qo‘riqlash va kuzatib borishdan iborat.

Joriy yilning iyulida BMTning Jubadagi tinchlikparvar missiyasiga qilingan hujum vaqtida ikki nafar xitoylik tinchlikparvar halok bo‘lib, besh nafari jarohat olgandi.

Noyabr boshlarida esa maxsus komissiya bu hujumlarni tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha natijalarni ma'lum qildi va “BMT missiyasi zo‘ravonlikka yetakchilikning yetishmasligi, missiyaning turli tarkibiy qismlarining o‘zaro birgalikda harakat qilishga tayyor emasligi tufayli javob bermagani” xabar qilindi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, “qo‘mondonlik va rahbariyatning tashkilotchiligi tinchlikparvar kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni oldini olish strategiyasiga mos kelmagan”. Xitoy TIV hisobot sabab pushaymonda ekanini bildirib, unda asossiy ayblovlar borligi haqida ma'lum qilgan.

Ayni damda Xitoyning BMTning o‘nlab turli missiyalarida bo‘lib turgan tinchlikparvar kontingenti umumiy soni 2,6 ming kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda, deb xabar bergan Sinxua agentligi. Bu esa Xitoyni BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy a'zo davlatlar orasida eng faol ishtirokchiga aylantiradi.

Mavzuga oid