Sport | 08:03 / 06.12.2016
17835
1 daqiqa o‘qiladi

Chikagoda yengilmas bokschini otib ketishdi

Foto: Getty Images

Amerikalik o‘rta vazn toifasida yengilmas bokschi Ed Braun (20-0, 16 nokaut) Chikagoda otib ketildi, deb xabar qilmoqda ESPN telekanali.

Braun sevgilisi bilan avtomobilining ichida bo‘lgan vaqtda boshqa mashinadan o‘q uzishgan. O‘qotar quroldan Braunning bir necha joyiga, jumladan boshiga jarohat yetkazilgan. Qizning oyog‘i yaralangan. 

Braun shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolishning uddasidan chiqa olishmagan. 

«U 25 yoshida hayotini yo‘qotdi. Chikagodagi odamlar besabab otishgan. Braun jinoyatchi yoki giyohvand moddalarga aloqador bo‘lganida boshqa gap edi. Lekin bokschi bunday ishlar bilan shug‘ullanmagan», — degan bokschining menejyeri Kameron Dankin.

 

Mavzuga oid