Jahon | 19:02 / 07.12.2016
6532
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj Shvetsiya prokuraturasiga bergan ko‘rsatmalarini chop etdi

WikiLeaks portali asoschisi Djulian Assanj o‘zining shved prokuraturasiga bergan ko‘rsatmalarini Justice 4 Assange saytida chop etdi.

Assanj bilan suhbatni ekvadorlik prokuror o‘tkazgan. Tergov Ekvadorning Londondagi elchixonasida noyabr oyida bo‘lib o‘tdi.

WikiLeaks  asoschisining ilova qilingan maktubida ta'kidlashicha, unga haligacha hech qanday ayblovlar qo‘yilmagan va u butunlay aybsizdir.

Assanjning so‘zlariga ko‘ra, tergov matnini kishilar bor haqiqatni bilishlari uchun chop etgan. 

Avvalroq. WikiLeaks  asoschisi Julian Assanjning himoyachisi Jyennifer Robinson Shvetsiya prokuraturasi tomonidan mijoziga zo‘rlash borasida ayblovlar qo‘yilsa, Assanj yuristlari shved tomonining ish ustida yo‘l qo‘ygan barcha qonun buzilish holatlari yuzasidan shikoyat arizasi bilan chiqishlarini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid