Jahon | 00:07 / 09.12.2016
18621
2 daqiqa o‘qiladi

Halabning qamalda qolgan hududida qanday istiqomat qilishmoqda?

Foto: Getty Images

Suriyaning Halab shahrining sharqiy hududlariga insonparvarlik yuklari ortilgan gumanitar karvonlar kelmay qolganiga ancha bo‘ldi. Shunga ko‘ra, bu yerda oziq-ovqat zaxirasi allaqachon tamom bo‘lgan, shaharni tark etishni istamagan mahalliy aholi makaron va fasolni unga aylantirib, non pishirmoqda, deya yozgan aa.com.tr sayti.

Qurshovda qolgan shahar mavzelariga Rossiya HHK ko‘magidagi Asad kuchlari va Eronparast shia isyonchilarining xuruji davom etmoqda hamda vaziyat tobora keskinlashmoqda. Tirik qolganlar ochlik va chanqoqlikdan aziyat chekishmoqda. Shaharda dori-darmonlar va bolalar ovqati tugab bo‘lgani xabar qilinmoqda. Qolgan taom zaxiralari esa katta pulga sotilmoqda. 

Halabda birgina nonni 7 dollar atrofida xarid qilish mumkin. Ammo, hamma ham uni xarid qilishga ulgurolmaydi 

Halab shahri Suriya shimolida joylashgan va Damashqdan keyingi ikkinchi yirik shahardir. Uning g‘arbiy qismini Asad kuchlari, sharqini muxolifat guruhlari nazorat qiladi. 

Suriyadagi urush 2011 yil martida boshlangan, o‘shanda tinch norozilik namoyishlari qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketgan edi. Bunga harbiylarning namoyishchilarni o‘qqa tutgani sabab bo‘lgan. 


 

Mavzuga oid