Jahon | 14:40 / 10.12.2016
4691
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hukumati yuzdan ortiq kishini firibgarlikda gumon qilib qo‘lga oldi

XXRning Guansi-Chjuan avtonom tumani politsiyasi keng qamrovli maxsus tadbir davomida 109 kishini qo‘lga oldi. Sinxua agentligining xabar berishicha, ular telekommunikatsion firibgarlikda gumon qilinmoqda.

Binyan uyezdidagi qo‘lga olish jarayonida 2 mingdan ortiq politsiyachi ishtirok etgan bo‘lib, shuningdek uchuvchisiz uchar qurilmalar va kinologlar guruhlaridan ham foydalanildi.

Agentlikning ta'kidlashicha, huquqni muhofaza qilish organlari ikki hafta davomida 186 gumondorni qo‘lga olgan. Tergovning taxminiga ko‘ra, ular 21 jinoiy hamjamiyatda ishtirok etgan. Politsiya 200 kompyuter, 300 mobil telefon, 600 dan ortiq bank kartalari va boshqa jihozlar hamda qurol-yaroqlarni musodara qildi.

Xitoy OAVning xabar berishicha, mamlakatda "Telekommunikatsion firibgarlik" deb qurbonlardan pul mablag‘larini telefon va internet orqali aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritish tushuniladi. Jinoyatchilar o‘zlarini bank xizmatchilari va investitsion firmalar xodimlari deb tanishtirishgan. 
 

Mavzuga oid