Jahon | 18:00 / 11.12.2016
11469
1 daqiqa o‘qiladi

Halabda 1,3 mingdan ortiq jangari taslim bo‘ldi

Halabda 1,3 mingdan ortiq jangari qurollarini tashlab, Suriya hukumatiga taslim bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Damashq tomonidan shaharni ozod etish uchun amaliyot boshlanganidan buyon 1270 nafar jangari taslim bo‘lgach, afv etilgan.

"1324 nafar jangari qurollarini topshirib, Suriya hukumati nazoratidagi hududga kirgan. Suriya prezidenti qarori bilan ulardan 1270 nafari kechirilgan. Qolganlarini tekshirish ishlari davom etmoqda", — deyilgan xabarda.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, oxirgi kunda Halabning jangarilar nazoratida bo‘lgan qismidan gumanitar yo‘lak orqali 2000 nafardan ortiq tinch aholi vakili chiqib kelgan. Ularning barchasi xavfsiz boshpanalarga joylashtirilgan va oziq-ovqat hamda tibbiy yordam bilan ta'minlangan.

Mavzuga oid